Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XMI amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llaniladi
Hukumat qarori bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risida”gi nizom qabul qilindi.
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash;
- loyihalar doirasida qarz Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan bo‘lsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni to‘lash;
- Davlat budjetidan QQSni to‘lash uchun mablag‘ ajratilgunga qadar loyihani amalga oshirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib to‘lash huquqi berish;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanadigan QQSni qoplab berish.
QQS bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.
To‘liq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘laridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan loyihalar bo‘lganda, qarz oluvchilarga QQSni to‘lash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratiladi.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar bo‘lganda, QQS uchun to‘lovlar qarz oluvchilarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:51 / 25.08.2025
Aylanmadan olinadigan soliqdan ilk marta QQS to‘loviga o‘tgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi
16:11 / 20.08.2025
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
15:52 / 29.07.2025
Soliqchilar QQSni qaytarishda sovitkichdan olingan suvni ham puflab ichyapti - Qudbiyev
16:08 / 24.05.2025