O‘zbekiston | 08:04 / 01.11.2022
2082
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti O‘zbekistondagi yangi elchini tayinladi

Foto: Qozog‘iston TIV

Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan Beybut Atamqulov O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

U taniqli davlat arbobi hisoblanadi. 58 yoshli Beybut Atamqulov uzoq yillar diplomat sifatida faoliyat yuritgan, turli davlatlarda elchi va bosh konsul vazifalarida ishlagan. 

U, shuningdek, vazir, shu jumladan 2018-2019 yillarda tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. 

Beybut Atamqulov shu kunga qadar Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid