Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya O‘zbekiston chegara bojxona postiga nazorat texnik vositalarini topshirdi
Germaniya xalqaro agentligining (GIZ) «Markaziy Osiyoda savdo tartibotlarini soddalashtirish» mintaqaviy loyihasi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi «Yallama» chegara bojxona postiga qiymati salkam 100 ming AQSh dollariga teng nazorat texnik vositalarini topshirdi.
Foto: Dunyo
Davlat bojxona qo‘mitasida tashkil qilingan topshirish-qabul qilish tadbirida GIZ direktori Ioaxim Frits hamda loyiha rahbari Felitsitas Zik ishtirok etdi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari Otabek Choriyev so‘nggi yillarda GIZ bilan hamkorlik faol bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Taqdim etilgan yangi texnik vositalar ko‘magida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy ratsiyalar orqali o‘rnatiladigan tezkor aloqa kanali esa tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar tezkorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
12:48 / 19.05.2026
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
09:26 / 07.05.2026
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026