O‘zbekiston | 13:40 / 03.11.2022
12207
3 daqiqa o‘qiladi

4 noyabr kuni aksar hududlarda yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet» 4 noyabr kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, (baland tog‘larda (yomg‘ir, qor). Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid