Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiyaning «Ukrainadagi bioqurol» haqidagi rezolyutsiyasini rad etdi
Birlashgan millatlar tashkiloti Xavfsizlik kengashi Moskvaning Vashington va Kiyev Ukrainadagi biologik qurol dasturlariga aloqadorligi haqida tergov o‘tkazishni talab qiluvchi rezolyutsiyasini rad etdi.
Hujjat faqat Rossiya va Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya unga qarshi chiqdi. Qolgan o‘nta davlat betaraf qoldi. Qaror qabul qilish uchun kamida to‘qqiz ovoz kerak edi.
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan so‘ng, Rossiya Qo‘shma Shtatlar go‘yoki butun dunyo bo‘ylab maxfiy laboratoriyalar tarmog‘ini yaratganini da’vo qilmoqda.
Rossiya rasmiylari «maxsus operatsiya» deb atagan urush paytida Ukrainada «Pentagonning bevosita ishtirokida biologik qurol komponentlari» yaratilgani haqida go‘yoki dalillar olingan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mart oyi o‘rtalarida bu ayblovlarni rad etdi. AQSh Mudofaa vazirligi vakili ham raddiya berdi.
Bundan oldin Yevropa komissiyasi Vladimir Putinning 27 oktyabrdagi nutqini «Oruellcha» deb atagandi. «Putin nutqida noto‘g‘ri gap to‘g‘ri, to‘g‘ri noto‘g‘ri, haqiqat yolg‘on, yolg‘on esa haqiqatdir», — dedi Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Nabila Massrali.
Putinning Kiyev «iflos bomba» yaratayotgani haqidagi da’volarini Yevropa komissiyasi vakili asossiz deb atadi. «Rossiya, avvalgidek, o‘z ayblovlarini hech qanday dalil bilan tasdiqlay olmadi», dedi u va Moskvaning Ukrainada biologik qurol ishlab chiqilishi haqidagi yolg‘on da’volarini 24 fevral kuni mamlakatga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishini oqlashga urinish sifatida baholadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026