16:40 / 03.11.2022
12309

Gretsiya prezidenti va mudofaa vaziri Kiyevga yetib keldi

Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulou va milliy mudofaa vaziri Nikos Panayotopulos Kiyevga tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Gretsiya matbuoti. 

Foto: Reuters

Gretsiya ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan yuqoridagi ma’lumotda aytilishicha, xavfsizlik nuqtayi nazaridan safar haqida oldindan xabar berilmagan. 

Qayd etilishicha, tashrif davomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan oldin 23 davlat Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini ko‘rib chiqishda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etish uchun Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga ariza topshirgandi. Ukraina hukumati Rossiyani harbiy tajovuz munosabati bilan inson huquqlarini ommaviy va qo‘pol ravishda buzganlikda ayblayapti.

Sud jarayonida ishtirok etishga tayyor 23 hukumat orasida Bolgariya, Gretsiya, Malta, Vengriya va Kiprdan tashqari Yevropa ittifoqi barcha davlatlari bor. Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar Norvegiya tomonidan taqdim etiladi. 

Bundan tashqari, Jyeneva Xalqaro gumanitar huquq va inson huquqlari akademiyasi nohukumat tashkilot sifatida akkreditatsiyadan o‘tishga intilmoqda. 

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, Islandiya va Buyuk Britaniya ariza berishni ko‘rib chiqmoqda. Ishtirokchi davlatlar yoki ariza beruvchi bo‘lmagan va protsessda uchinchi shaxs sifatida ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar yozma mulohazalar taqdim etishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top