Ukraina hukumati Hindistonga uşbu mamlakat hududida qölga olingan olti nafar ukrainalikni ozod qiliş sörovi bilan murojaat qildi. 16 mart kuni sud ukrainaliklar, şuningdek ular bilan birga qölga olingan bir nafar AQŞ fuqarosining qamoqda saqlaş muddatini 27 martgaça uzaytirdi, deb yozadi Reuters agentligi 18 mart, çorşanba kuni sud qaroriga tayanib.

Şu ma’lumotlarga köra, yetti nafar hibsga olingan şaxs Hindistonning şimoli-şarqiy qismidagi Mizoram ştatiga noqonuniy kiriş, qöşni Myanma bilan çegarani noqonuniy kesib ötiş va mamlakatda hukmron harbiy xuntaga qarşi kuraşayotgan etnik guruhlar vakillariga dronlardan foydalanişni örgatişda ayblanmoqda. Agentlik qayd etişiça, ularga, şuningdek, Yevropadan Hindiston hududi orqali Myanmaga yirik partiyada dronlarni noqonuniy olib kiriş aybi ham qöyilmoqda.

Ukrainaning Nyu-Dehlidagi elçisi Aleksandr Polişçuk 16 mart kuni Hindiston Taşqi işlar vazirligining yuqori lavozimli vakili Sibi Jorj bilan uçraşib, unga “Ukraina fuqarolarini zudlik bilan ozod qiliş va ularga kiriş imkonini beriş talab qilingan” norozilik notasini topşirdi.

Elçixona bayonotida şunday deyilgan: “Biz e’tibor qaratamizki, Hindistonda xorijiy fuqarolar uçun kiriş çeklangan ayrim hududlar mavjud bölib, u yerlarga faqat maxsus ruxsatnoma bilan kiriş mumkin. Şu bilan birga, bunday hududlarning joylarda tegişliça belgilanmagani köp uçraydi, bu esa örnatilgan qoidalarni bilmasdan buzib qöyiş xavfini tuğdiradi”.

Ukraina Taşqi işlar vazirligi 17 mart kuni mamlakatning olti nafar fuqarosi 13 martda Hindistonda qölga olinganini tasdiqladi. Vazirlik ta’kidlaşiça, hozirça ukrainaliklarning teraktlar tayyorlaşga aloqadorligini tasdiqlaydigan heç qanday faktlar yöq, bu haqda avvalroq Hindiston va Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bergan edi. Kiyevda aytişlariça, ayrim naşrlar mavjud faktlarni buzib körsatmoqda, manipulyativ tusga ega va asossiz ayblovlarni ilgari surmoqda.

Taşqi işlar vazirligi ma’lumotiga köra, ayblovlar Mizoram ştati hududida ruxsatsiz bölib turiş bilan boğliq, çunki bu hududga taşrif buyuriş uçun maxsus ruxsat talab qilinadi. Şuningdek, Myanma çegarasini ehtimoliy ravişda noqonuniy kesib ötiş haqida ham gap ketmoqda.

Kiyev, şuningdek, Ukraina elçixonasi xodimlari 16 mart kuni sud majlisiga kelganini, ammo ularga qölga olinganlar bilan bevosita muloqot qilişga ruxsat berilmaganini bildirdi. “Şakllangan xalqaro amaliyotga zid ravişda, Hindistondagi Ukraina elçixonasi Ukraina fuqarolari qölga olingani haqida Hindistonning vakolatli organlaridan rasmiy xabar olmadi. Ukraina tomoni qölga olinganlarga konsullik xodimlarining zudlik bilan va tösiqsiz kirişini ta’minlaşda qat’iy turibdi”, deb iqtibos keltiradi Ukraina Taşqi işlar vazirligi bayonotidan “Ukrainskaya pravda” naşri.

Sud qarori bilan Hindistonda uşlab turilgan olti nafar ukrainalikka ukrain konsullari haligaça kira olmagan. Bu haqda 18 mart, çorşanba kuni Ukraina Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati DW'ga bergan izohida ma’lum qildi. Matbuot xizmati ta’kidlaşiça, Ukraina tomoni qölga olinganlarga kiriş imkonini berişni bir neça bor söragan. “Bugun, 18 mart kuni, Ukrainaning Hindistondagi elçixonasi yana bir bor Hindiston Taşqi işlar vazirligiga konsullarga fuqarolar bilan zudlik bilan va tösiqsiz uçraşiş imkonini beriş talabi bilan rasmiy nota yubordi”, dedi vazirlik matbuot xizmati.