O‘zbekiston | 09:41 / 03.11.2022
8237
1 daqiqa o‘qiladi

«Zangiota-Qoplonbek» o‘tkazish punkti 1 dekabrdan vaqtincha yopiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi «Zangiota-Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 1 dekabrdan boshlab vaqtincha yopiladi.

28 oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi doirasida bu bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari kelishuvga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Zangiota-Qoplonbek» avtomobil o‘tkazish punkti «Qoplonbek» avtoyo‘l o‘tkazish punkti modernizatsiya qilinishi munosabati bilan 1 noyabrdan vaqtincha faoliyatini to‘xtatishi haqida ma’lum qilingan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid