Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
7 noyabr kuni yomg‘irli havo kutilmoqda
Hafta boshida O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi.
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 7 noyabr kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, (baland tog‘larda yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:41 / 15.12.2025
Hafta davomida hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi
18:24 / 14.12.2025
15 dekabrda O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi mumkin
10:38 / 13.12.2025
Toshkent havosida PM10 va PM2,5 ko‘rsatkichlari me’yordan oshmadi
18:59 / 12.12.2025