Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turistik agentliklar xizmati eng yuqori hajmi kuzatilgan hududlar ma’lum qilindi
2022 yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar eng katta hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi.
Bunda, ushbu ko‘rsatkich eng yuqori hajmi Mirobod (72 126,0 mln so‘m), Yakkasaroy (50 931,9 mln so‘m), Shayxontohur (32 779,1 mln so‘m), Mirzo Ulug‘bek (21 468,0 mln so‘m) va Yunusobod (20 870,4 mln so‘m) tumanlarida qayd etildi.
Turistik agentliklar, turoperatorlar xizmatlari, bron qilish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlar eng yuqori hajmi kuzatilgan shahar va tumanlar o‘ntaligi:
- Mirobod tumani – 72 126,0 mln so‘m;
- Yakkasaroy tumani – 50 931,9 mln so‘m;
- Shayxontohur tumani – 32 779,1 mln so‘m;
- Mirzo Ulug‘bek tumani – 21 468,0 mln so‘m;
- Yunusobod tumani – 20 870,4 mln so‘m;
- Samarqand shahri – 19 733,9 mln so‘m;
- Chilonzor tumani – 18 073,2 mln so‘m;
- Urganch shahri – 15 357,0 mln so‘m;
- Buxoro shahri – 8 631,6 mln so‘m;
- Xiva shahri – 7 494,7 mln so‘m.
Mavzuga oid
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
10:10 / 24.06.2026
Import hajmi qariyb 27 foizga oshdi
10:55 / 22.06.2026
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30 / 22.06.2026