Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xerson va viloyatning bir qismi elektr energiyasiz qoldi
Xerson va viloyatdagi yana bir qancha aholi punktlari elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda Xerson viloyati kengashi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sobolevskiy ma’lum qildi.
Foto: Izvestiya
«Mintaqani egallab olgan Rossiya kuchlari «terrorchilik harakati haqida allaqachon xabar berishgan». Biroq ular terrorchilik harakati ular tomonidan sodir etilganiga aniqlik kiritishmagan. Guvohlarning so‘zlari buni tasdiqlaydi», - deya ta’kidladi Sobolevskiy.
Avvalroq viloyat harbiy ma’muriyati boshlig‘i Yaroslav Yanushevich Xerson viloyatidagi rus qo‘shinlari Xersondan chekinish chog‘ida Dnipro va uning irmoqlaridagi suvni ifloslantirib, ekologik falokat keltirib chiqarishga urinayotganini bildirgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dniproning o‘ng qirg‘og‘idan jo‘nab ketayotganda rus qo‘shinlari shahar pristanlariga qo‘yib qo‘yilgan kemalarni portlatib yuborgan, shu sababli 10 tonnadan ortiq yonilg‘i-moylash materiallari daryoga tushib ketgan.
Bu Ramsar konvensiyasi bilan himoyalangan suv qushlarining yashash muhitini yo‘q qilish bilan tahdid soladi.
Ukraina tomoni daryoni tezda tozalay olmaydi, chunki uning mutaxassislari Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga kira olmayapti.
Yanushevichning so‘zlariga ko‘ra, harakatsizlik mintaqadagi suv-botqoq yerlarining o‘nlab yillar davomida ifloslanishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid
11:53 / 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
15:41 / 07.01.2026
Diversiya tufayli Berlinda 25 500 kvartira elektrsiz qolmoqda
11:33 / 06.01.2026
Berlin blekauti: hokimiyat kabel yoqib yuborilishini “so‘l terrorizm” deb atadi
10:56 / 02.01.2026