Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FAO global tashabbusi doirasidagi ilk loyihalar O‘zbekistonda amalga oshiriladi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qarorgohida “Bir mamlakat – bir ustuvor mahsulot” global tashabbusi doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirda 78 ta davlat orasidan ilk loyihalar O‘zbekiston, Bangladesh, Malavi, Misr, Trinidad va Tobagoda amalga oshirilishi e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida dehqon va fermerlar daromadini oshirish, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat.
“Bir mamlakat – bir ustuvor mahsulot” tashabbusida ishtirok etish uchun 78 ta davlatdan arizalar kelib tushgan bo‘lib, ular 50 ga yaqin turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ilgari surgan. Xususan, 24 xil meva, 15 xil dala mahsulotlari, 5 xil o‘rmon yong‘oqlari va 6 xil chorvachilik mahsulotlari tanlangan.
Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston (gilos), Albaniya (kashtan mevasi), Armaniston (ko‘katlar), Qirg‘iziston (yong‘oq), Tojikiston (o‘rik), Turkiya (anjir), Moldova (uzum), Serbiya (malina) va Gruziya (uzum) tomonidan hududning iqlim sharoitiga xos istiqbolli mahsulotlari bo‘yicha arizalar taqdim etilgan.
Ushbu global tashabbus doirasida mamlakatda gilos yetishtirish, qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat zanjirini qo‘llab-quvvatlash orqali dehqon va fermerlar daromadini yanada oshirish, “yashil” innovatsiyalarni joriy etish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish asosiy maqsad sifatida belgilangani ta’kidlandi.
O‘zbekiston dunyodagi gilos yetishtiruvchi yetakchi davlatlar beshligida ekani va har yili o‘rtacha 100 ming tonnaga yaqin ushbu turdagi meva turli davlatlarga eksport qilinishi tadbir ishtirokchilarida qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur loyiha 2023 yil yanvar oyidan boshlab FAO va Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tegishli mahalliy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
20:39 / 11.04.2026
Xonandalar to‘lagan soliqlar keskin kamaygani ma’lum bo‘ldi
07:33 / 21.02.2026
Kelajak shakli: Xitoyda 2026 yilda bitadigan 12 yirik loyiha
18:54 / 06.12.2025