Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Rossiya texnika universiteti vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsuli Burxon Aliqulov Don davlat texnika universiteti (DDTU) rektori Bisarion Mesxi bilan uchrashib, zamonaviy kadrlar tayyorlash va akademik almashinuv sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bisarion Mesxi DDTUning O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari, xususan, Buxoro davlat universiteti va «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti bilan hamkorligi darajasidan mamnunligini bildirdi.
O‘zbekistonning ushbu universitetlarida DDTU vakolatxonasini ochish yuzasidan fikr almashildi. U, shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan ham akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.
Suhbat chog‘ida veterinariya sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. DDTU Rossiya hududida “veterinariya” yo‘nalishi bo‘yicha aspirantura bosqichiga ega bo‘lgan yagona oliy o‘quv yurti hisoblanadi. Besarion Mesxi soha dolzarbligini inobatga olgan holda, mazkur yo‘nalish O‘zbekiston uchun ham jozibador bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:05 / 31.05.2026
Ukraina Rossiyani Qrim bilan bog‘lovchi trassaga hujum qilmoqda
22:23 / 19.04.2026