O‘zbekiston | 09:22 / 09.11.2022
13973
2 daqiqa o‘qiladi

Metroning Qo‘yliq bekati vaqtincha yopiladi

Foto: Prezident matbuot-xizmati

«Toshkent metropoliteni»ning «Yerusti halqa yo‘li»dagi 7-bekat (Qo‘yliq) 10 noyabrdan yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahri Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qo‘yliq dehqon bozori tomon qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichining metropoliten «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6 va 7-bekatlari oralig‘i yer ustki qismida qurilish konstruksiyalarining beton ishlari amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan Qo‘yliq bekati 10 noyabr kuni soat 21:00 dan yo‘lovchilarga vaqtincha xizmat ko‘rsatmaydi. «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati Do‘stlik-2 bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi.

11 noyabrdan esa «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid