2020 yilning dekabr oyida “Özbekiston temiryöllari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Köprikquriliş” tresti unitar korxonasi tomonidan yerusti halqa metro liniyasining 2-bosqiçi quriliş işlari boşlangan edi. Ayni paytda uşbu uçastka hududlarida quriliş işlari olib borilyapti.
Transport vazirligi Kun.uz’ga yangi metro bekatlari haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.
Rejaga muvofiq, uşbu loyiha işga tuşirilişi natijasida metropolitenda kunlik yölovçi taşiş hajmi 40 ming yölovçiga oşişi kutilyapti.
Bundan taşqari, kuniga Qöyliq – Sergeli yönalişida harakatlanayotgan yengil avtomobillar 32 mingtaga, kunlik harakat masofasi 480 ming kmga hamda yoqilği sarfi 38,5 ming litrga kamayadi.
Atrof-muhitga avtomobil transportidan ajraladigan zararli gazlar kunlik 3,7 tonnaga qisqarişi mumkin.
Bir yölovçining uşbu yönaliş böyiça manziliga yetib oliş vaqti 30 daqiqaga (50 dan 20 daqiqaga) tejaladi.
Yerusti halqa metropoliten liniyasining 2-bosqiçi işga tuşirilganda 245 ta yangi iş örinlari yaratilişi kutilyapti.
Uşbu bosqiç qurib bitkazilişi bilan Toşkent metropolitenining jami uzunligi 70,5 kilometrdan ziyod böladi. Bekatlar soni 50 taga yetadi.
Qöyliqdan Sergeligaça metro – nimalar kutilyapti?
Toşkent yerusti metrosining birinçi bosqiçi va Sergeli yönalişini boğlovçi Qöyliqdan Sergeligaça bölgan metropolitenda 7 ta bekat böladi. Uning uzunligi 12 kilometr. Ayni kunlarda uning Quruvçilar dahasigaça borgan 5 ta bekati qurib bitkazildi.
Transport vazirligining aytişiça, yangi bekatlar bitgaç, Sergeli va Yangihayot tumani hududidagi 10 ta mahallaning 48 ming nafar aholi va yuqori yölovçi oqimiga ega 9 obekt yangi metro yönalişi bilan qamrab olinadi.
Hozirda Rohat va Qöyliq yönalişi böyiça viloyatdan kirib kelayotgan yölovçilar Sergeligaça 55 daqiqada yetib boradi. Yangi liniyalar orqali Sergeliga Rohat aylanmasidan 20 daqiqa, Qöyliq bozoridan 15 daqiqada boriş mumkin böladi.
Sergeli va Yangihayot tumanlari şarqiy qismi aholisining şahar markaziga yetib boriş vaqti 50 daqiqadan 25 daqiqaga qisqaradi.
















