Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiya va AQSh yadroviy inshootlarni tekshirishni qaytadan boshlamoqchi
Rossiya va AQSh strategik hujum qurollari bo‘yicha yangi shartnomaga (SHQ-3, New START) muvofiq yadroviy qurol obektlarini tekshirishni qayta boshlashni muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg AQSh Davlat departamenti va Moskvadagi anonim manbalarga tayanib.
Tegishli muzokaralar 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin to‘xtatilgan edi.
Davlat departamentining rasmiy vakili ikki tomonlama maslahat komissiyasi (IMK, BCC) yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, biroq uni o‘tkazish sanasi va joyini aytishdan bosh tortdi va u Jyenevada bo‘lib o‘tmasligiga ishora qildi.
Bloomberg agentligining Moskvadagi manbalariga ko‘ra, uchrashuv yaqin haftalarda Qohirada bo‘lib o‘tishi mumkin.
SHQ-3ni amalga oshirishning amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi IMK oxirgi marta 2021 yil oktyabr oyida Jyenevada yig‘ilgan edi.
Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov va rossiyalik hamkasbi Nikolay Patrushev bilan norasmiy suhbatlarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida yadroviy quroldan foydalanish xavfini kamaytirishni muhokama qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
«Biz Rossiya bilan yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish, shuningdek, undan ehtimoliy foydalanish oqibatlarini Moskvaga yetkazishga qaratilgan yuqori darajadagi aloqalarni o‘rnatish imkoniga ega bo‘ldik. Biz ushbu aloqalar qaysi kanallar orqali amalga oshirilganini oshkor qilolmaymiz, bu ularni himoya qilish uchun kerak», dedi Sallivan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45 / 17.06.2026