Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: “Biz doimo Ozarboyjonning yonida bo‘lamiz”
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham nutq so‘zladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Avvalo mehmondo‘stlik uchun birodar o‘zbek xalqi va rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.
Bilasiz, kelgusi yilda Qorabog‘dagi g‘alabaning ikki yilligi nishonlanadi. Biz doimo Ozarboyjonning yonida bo‘lamiz va qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz barcha Turkiy davlatlar bilan xavfsizlik masalalarida faol hamkorlik qilamiz. Davlatlarimizga tajovuz qilgan terrorchilar qayerga qochmasinlar, hamkorlikda ta’qib qilishda davom etamiz.
Turkiya shu paytgacha juda ko‘p – 5 mln nafarga yaqin qochoqlarni qabul qildi. Biz ularga bundan keyin ham yordam berishda davom etamiz”, – deya Turkiya prezidenti so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:22 / 08.03.2026
Baxtiyor Saidov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
00:30 / 01.03.2026
Erdo‘g‘an Eronga qilingan hujumlarni qoraladi
21:05 / 26.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
08:51 / 30.01.2026