Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvvatlantirish shart bo‘lmagan noyob smart-soat chiqarildi
Garmin kompaniyasi smart-soatlari qatorini Instinct Crossover modeli bilan kengaytirdi.
Gadjet an’anaviy soatga o‘xshaydi, lekin sport yoki sayohat bilan bog‘liq ko‘plab aqlli funksiyalarga ega.
Soatning eng muhim xususiyati quyosh paneli bo‘lib, oddiy rejimda 70 kungacha va energiyani tejash rejimida «cheksiz» avtonom ishlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, unda 10 ATM namlikdan himoya, GPS, kontaksiz to‘lov uchun NFC va yurak urish tezligi sensori bor. An’anaviy mexanik strelkalar ostida bildirishnomalar, salomatlik va faollik haqidagi ma’lumotlar uchun monoxrom displey mavjud.
Garmin Instinct Crossover narxi 550 dollarga teng. Shuningdek, uning 600 dollarlik Tactical Edition modeli ham bo‘lib, u tungi ko‘rish ko‘zoynaklari bilan bog‘lana oladi va barcha ma’lumotlarni favqulodda o‘chirish funksiyasiga ega.
Mavzuga oid
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:14 / 27.06.2026
O‘zbekistonda plastik yo‘llar texnologiyasi joriy etiladi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
18:13 / 10.06.2026