O‘zbekiston | 08:23 / 11.11.2022
2771
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasi ta’sis etiladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) iqtisodiyot va savdo vazirlari 11-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

Tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va TDT bosh kotibi Bag‘dod Amreyev qatnashdi.

“Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti Investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish bo‘yicha bitim imzolanishini kelishib oldik. Ishonamanki, Investitsiya jamg‘armasini ta’sis etish ko‘p qirrali munosabatlarimiz rivojlanishida yangi zamin yaratadi”, dedi Jamshid Xo‘jayev.

Turkiy davlatlar tashkiloti birinchi sammiti doirasida Savdoga ko‘maklashish strategiyasi imzolanishi kutilayotgani, bu TDT mamlakatlarida savdodagi miqdoriy cheklovlar hamda notarif choralar bartaraf etilishiga ko‘maklashishi qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid