Jahon | 14:17 / 12.11.2022
17171
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik muhandis yutuber ilk buklanadigan iPhone’ni namoyish qildi

Muhandis buklanadigan iPhone prototipini “iPhone V” deb atagan. Uni yasashga 200 kun sarflangan va o‘nlab iPhoneX hamda boshqa turdagi telefon qismlaridan foydalanilgan.

Foto: macobserver

Bugungi kunda buklanish xususiyati ega smartfonlardan Samsung, Motorola va Huawei kabi brendlar foydalanib kelmoqda. Biroq Apple mexanik stressga bardosh bera oladigan moslashuvchan va bardoshli ekranlarni hali namoyish qilgani yo‘q

Xitoylik yutuber esa iPhone’da buklanish funksiyasini sinab ko‘rdi. Uning aytishicha, kerakli butlovchi qismlarni yig‘ish uchun o‘nlab iPhoneX’larni demontaj qilish va boshqa markadagi telefonlardan qo‘shimcha qismlar olishga to‘g‘ri kelgan. Va bu jarayon 200 kun davom etgan.

Prototipning ekrani imkon qadar ko‘proq funksionallikni saqlab qolgan holda egilish uchun yetarlicha moslashuvchan qilib yasashga erishilgan.

Prototipga iPhone quvvatining uchdan biriga ega bo‘lgan 1000 mA/soat quvvatga ega batareya joylashtirilgan. Smartfondagi sensor tizimi ham yaxshi ishlangan. Biroq ekran qayta-qayta buklanish stressiga bardosh bera olmagani sabab foydalanish boshlangandan keyin bir necha kun ichida ishdan chiqqan.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid