O‘zbekiston | 13:20 / 14.11.2022
17765
3 daqiqa o‘qiladi

15 noyabr kungi ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 15 noyabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Jizzax viloyatida ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid