Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya 2024 yilgi Olimpiada rasmiy timsolini namoyish qildi
Uchburchak shaklidagi qizil Frigiya qalpoqlari 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarining timsoliga aylandi.
Ular Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi shtab-kvartirasida Olimpiada boshlanishidan 620 kun oldin taqdim etildi.
Frigiya qalpoqlari boshqa narsalar qatorida inqilobiy Fransiyaning ramzi hisoblanadi.
Frigiya qalpog‘i ko‘rinishidagi Olimpiya o‘yinlari timsoli qizil krossovkalarni kiygan. Paralimpiya o‘yinlari timsoli esa bir oyog‘iga protez kiygan.
Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:08
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026