O‘zbekiston | 10:51 / 15.11.2022
21289
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida to‘rt avtomobil - Equinox, Mercedes-Benz, Lada Vesta va Nexia ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Equinox avtomobili ag‘darilib ketgan, uning haydovchisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yo‘l chetida turgan Nexia avtomobilining old va orqa qismi pachaq bo‘lib ketgan.

Foto: YHXX

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Yunusobod tumanida «qimmatbaho» avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Amir Temur ko‘chasi, TATU universiteti qarshisida 4 ta mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 noyabr kuni soat 21:10 larda Toshkent shahar Amir Temur ko‘chasi TATU universiteti qarshisida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. boshqaruvidagi Lada Vesta, 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi L.M. boshqaruvidagi Equinox, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi Mercedes-Benz, yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia (haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida Equinox avtomobili ag‘darilgan. Avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Internetda tarqalgan videoda Nexia jiddiy shikastlanganini ko‘rish mumkin. Uning ichida odam bo‘lmagan. Mercedes-Benz ham pachoq bo‘lgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid