Jahon | 15:30 / 15.11.2022
23131
6 daqiqa o‘qiladi

Xersonliklar bilan uchrashgan Zelenskiy va shahardagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xerson shahriga tashrif buyurdi - bu Ukraina armiyasi shahar ustidan nazorat o‘rnatganining uchinchi kunida ro‘y berdi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan 400 dan ortiq harbiy jinoyatlar hujjatlashtirilgan. Luhansk oblasti rahbari Sergey Gayday ukrain harbiylari region hududida 12 ta aholi yashash manzilini, jumladan Makeyevkani ozod etishganini xabar qildi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi hozircha bu ma’lumot yuzasidan munosabat bildirmadi. RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Pavlovka qishlog‘ini egallaganini e’lon qildi — Ukraina hukumati bu ma’lumotni tasdiqlamagan, ammo primorelik dengiz piyodalari avvalroq ushbu aholi yashash manzili uchun janglarda katta yo‘qotishlar berilganini xabar qilishgandi.

Quyida 14 noyabr, urushning 264-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Prezident Zelenskiy Xersonda Ukraina bayrog‘ini o‘rnatish marosimida 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina armiyasi Xersonda nazorat o‘rnatganidan uch kun o‘tib, 14 noyabr kuni ushbu shaharga keldi. Xerson Ukrainaga bosqin boshlanganidan buyon Rossiya qo‘shinlari istilosi ostida qolayotgandi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonliklar Volodimir Zelenskiyni olqishlar bilan qarshi olishdi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Xersonliklar prezident bilan uchrashuv chog‘ida
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy Xersonda Ukraina madhiyasini kuylamoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchisi Xersonning markaziy ko‘chalaridan birida Ukraina bayrog‘ini ko‘tarmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol Rossiya istilosi chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik oldida
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / picture alliance / Scanpix / LETA

Ozod etilgan Xerson 

Xersonlik kishi jasadi. 14 noyabr kuni shaharga tashrifi chog‘ida Volodimir Zelenskiy Xersonda istilo vaqtida rossiyalik harbiylar tomonidan sodir etilgan 400 dan ortiq harbiy jinoyatlar hujjatlashtirilganini aytdi.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyalik harbiylar chekinish chog‘ida portlatib ketgan teleminora oldidagi xersonliklar. 9 noyabr kuni RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu general Sergey Surovikinning taklifiga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarini Xersondan Dneprning chap sohiliga olib o‘tishga buyruq bergandi. 11 noyabr kuni RF mudofaa vazirligi qo‘shinlarni shahardan olib ketish jarayoni yakunlangani haqida hisob berdi.
Andrii Dubchak / Donbas Frontliner / Zaborona / Global Images Ukraine / Getty Images
Xersonliklar internet aloqasi bor joyga to‘plangan. Shahar elektr ta’minotidan uzilgan bo‘lsa-da, Ilon Maskning Starlink terminallari va generatorlar yordamida mobil aloqaning bazaviy stansiyalari ishlamoqda. Xerson markazida Ukrainaning «Kiyevstar» operatori xizmatlaridan ham foydalanish mumkin.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol o‘tin yig‘moqda. 6 noyabr kuni, Rossiya qo‘shini chekinishidan oldin ham, Xersonning barcha rayonlari elektr energiyasidan uzilgandi. Istilochilar vakillari bu elektr uzatish liniyalariga qilingan «sabotaj» oqibati ekanini aytishgandi. Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Yaroslav Yanushevich Zelenskiyning tashrifi chog‘ida yaqin vaqt ichida elektr ta’minoti tiklanishiga va’da berdi.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Xersonliklar mobil aloqa izlashmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Dneprdan suv olayotgan xersonlik. Shaharda nafaqat elektr ta’minotida, balki ichimlik suvida ham muammolar kuzatilmoqda.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan Antonov ko‘prigi. Uni rossiyalik harbiylar Xersondan chekinayotib portlatgan bo‘lishi mumkin. Ko‘prik portlatilgani haqida kremlparast nashrlar va «harbiy muxbirlar» yozishgan, ammo Rossiya hukumati Xersondan chiqib ketishda ko‘prik portlatilganini tasdiqlamagan.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Qrimga «evakuatsiya» qilingan xersonliklar 

Xerson oblastidan olib ketilgan ayol Janko‘yda farzandi bilan. Regionning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati oktyabr oyidayoq Dneprning o‘ng sohilida yashovchi aholi daryoning chap sohiliga, annexia qilingan Qrimga «evakuatsiya» qilinishi haqida e’lon qilgandi. Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, oblastning bosib olingan qismidan 100 mingdan ortiq kishi olib ketilgan.
EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastidan bo‘lgan ayol Janko‘ydagi  vaqtinchalik joylashtirish markazida gumanitar yordam solingan qutini ko‘tarib ketmoqda.
EPA / Scanpix / LETA
Xerson oblastidan kelgan kishilar Janko‘ydagi vaqtinchalik joylashtirish markazidagi avtobuslarda.
EPA / Scanpix / LETA

Mavzuga oid