Jamiyat | 17:25 / 16.11.2022
21134
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi ishdan ketdi

O‘qituvchi ishdan bo‘shashga ariza yozgan.

Foto: Videodan skrinshot

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Buxoro shahridagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘quvchilarga qo‘l ko‘targan o‘qituvchi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘z pedagogik faoliyatini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun maktab o‘qituvchisi o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan.

«Ushbu holat Buxoro viloyatida favqulodda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning o‘zida viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida Zoom orqali yig‘ilish o‘tkazilib, bu holat keng muhokama qilindi. O‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qat’iy topshiriqlar berildi», deyiladi xabarda.

Hozirda holat bo‘yicha o‘rganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda.

Bundan oldinroq Buxoro shahridagi 4-sonli maktabda dars vaqtida o‘qituvchi sinfdagi barcha o‘quvchilarni kaltaklagani va hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi. 

Mavzuga oid