Video: Buxoroda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kaltakladi
O‘qituvchi dars vaqtida bolalarni doimiy ravishda urib kelishi aytilmoqda.

Foto: Kun.uz
Kun.uz tahririyatiga Buxoro shahrida joylashgan 4-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarini kaltaklayotgani aks etgan video kelib tushdi.
Uch daqiqalik videoda ko‘rish mumkinki, o‘qituvchi berilgan vazifani tekshirish davomida 3-D sinf o‘quvchilarini ayovsiz kaltaklagan. Manbaning aytishicha, pedagog bu ishni birinchi marta qilayotgani yo‘q, bu holat har darsda takrorlanadi.
«Ota-onalar bundan shikoyat qilib o‘qituvchilar bilan ham gaplashishgan, ammo o‘qituvchi hech kimning qo‘lidan hech narsa kelmasligini aytgan», – deydi manba.
Bundan tashqari, pedagog bolalarni pul topib kelish uchun darsdan chiqarib yuborayotgani ham aytilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda shu kabi bir necha holat kuzatildi. Xususan, shu yil oktyabr oyida Namangan viloyatida o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagandi. Keyinroq esa unga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Aprel oyida esa Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisini dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmay kelgani uchun urib, tepgani ma’lum bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari
O‘zbekiston | 17:23
-
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
O‘zbekiston | 17:22
-
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 17:21
-
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
Jahon | 17:17
Mavzuga oid

19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

17:10 / 02.05.2025
“Jahldor o‘qituvchi” - Samarqandda pedagog bolalarga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘ldi

10:12 / 01.05.2025