Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida investitsion faollik pasaygani ma’lum qilindi
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning hududlar bo‘yicha o‘sish sur’atlari va hajmi e’lon qilindi.
Foto: Kun.uz
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabrda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinda turibdi – 97,6 foiz (41,1 trln so‘m).
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 102,4 foiz (23 trln so‘m) hamda 98,5 foiz (15,8 trln so‘m) o‘zlashtirilgan investitsiyalar bilan Toshkent viloyati va Buxoro viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Samarqand viloyati – 122,5 foiz (15,6 trln so‘m);
- Navoiy viloyati – 105,9 foiz (13 trln so‘m);
- Qashqadaryo viloyati – 96,0 foiz (11,7 trln so‘m);
- Farg‘ona viloyati – 112,4 foiz (10,7 trln so‘m);
- Namangan viloyati – 102,0 foiz (10,3 trln so‘m);
- Andijon viloyati – 114,6 foiz (9,7 trln so‘m);
- Sirdaryo viloyati – 127,6 foiz (8,5 trln so‘m);
- Surxondaryo viloyati – 100,6 foiz (8,5 trln so‘m);
- Jizzax viloyati – 106,9 foiz (7,5 trln so‘m);
- Qoraqalpog‘iston R. – 118,9 foiz (7,1 trln so‘m);
- Xorazm viloyati – 108,7 foiz (6,8 trln so‘m).
Mavzuga oid
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:11 / 15.05.2026
Hokimiyat shafeligida qurilgan uylar bitmay turib buziladigan bo‘ldi. Hokimga ishonganlar holi ne kechadi?
20:31 / 13.05.2026