Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga yana ommaviy raketa zarbalari berildi
Ukraina hududiga yana ommaviy raketa zarbalari berildi. Bu haqda g‘arb OAV xabar qilmoqda.
Foto: pic
Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalning ma’lum qilishicha, Rossiyaning payshanba kungi raketa hujumlari birinchi navbatda gaz ishlab chiqaruvchi korxonalarga, shuningdek, Dniprodagi «Yujmash» zavodiga qaratilgan.
O‘z navbatida, Dnipro meri Boris Filatovning so‘zlariga ko‘ra, raketa hujumi qurbonlari soni 8 kishini tashkil etdi.
Ukrainaning bir qancha Telegram-kanallari ma’lumotiga ko‘ra, Eronning kamida uchta uchuvchisiz uchog‘i Belarusdan Kiyev tomon yo‘l olgan.
Vinnitsa viloyatida portlashlar haqida xabarlar bor, hozir u yerda havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda. Bundan tashqari, Kiyev viloyati uzra bir nechta qanotli raketalarning parvozi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina poytaxti osmonida ikkita raketa urib tushirilgan.
«Kiyev elektr tarmoqlari» energetika kompaniyasi Kiyevda elektr energiyasining favqulodda uzilishlari haqida xabar berdi. Shahar aholisi elektr energiyasini o‘rtacha darajada iste’mol qilishga chaqirildi. «Kiyevda favqulodda o‘chirishlar sodir bo‘lmoqda. Ilgari tuzilgan favqulodda o‘chirishlar jadvallari hali kuchga kirmadi», deyiladi kompaniyaning Telegram-kanalidagi xabarda.
Bundan oldin butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilingandi. Mahalliy matbuot Poltava, Cherkassk, Xarkiv, Kiyev va Dnipropetrovsk viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi.
Ushbu xabarlarga ko‘ra, energetika infratuzilmasi obektlari raketa hujumlariga uchragan. Dnipro shahrida infratuzilma obektlariga ikkita zarba berilgani tasdiqlandi, kamida bitta qurbon bor.
Odessa viloyati ma’muriyati ham infratuzilma obektiga raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabar bermoqda.
Avvalroq, 15 noyabr kuni Ukraina hududini ommaviy o‘qqa tutish paytida Rossiya 90 ta raketani uchirish uchun 700-900 million dollar sarflagandi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026