Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda UNESCO vakillari ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumenti ochildi
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi
Bugun, 18 noyabr kuni Samarqanddagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida UNESCO bosh direktori o‘rinbosari Stefania Giannini, UNESCO’ning madaniy diplomatiya bo‘yicha maxsus elchisi Hedva Ser, Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligining parlamenti kotibi Niyels Annen va O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirokida “Tinchlik daraxti” monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Tinchlik daraxti" monumenti muallifi atoqli haykaltarosh Xedva Ser bo‘lib, uning asarlari butun dunyoga mashhur.
Ramziy ma’noga ega ushbu monument ilk bor 2008 yilda UNESCO bilan hamkorlikda Isroilda o‘rnatilgan. Keyinchalik esa Germaniya, AQSh, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Andorra, Gretsiya, Malta va boshqa davlatlarda ham o‘rnatildi. Bugunga qadar 17 ta davlatda "Tinchlik daraxti" mavjud edi. Samarqanddagisi esa 18-"Tinchlik daraxti" bo‘ldi. Ushbu monument bronzadan yasalgan bo‘lib, og‘irligi 750 kilogrammga teng.
"Monumentni o‘rnatish jarayonlarida bir jihat e’tiborimni tortdi, — dedi Xedva Ser xonim. — Odatda, boshqa joylarda “Tinchlik daraxti”ni yaratish uchun uch oygacha vaqt sarflaganmiz. Samarqandda esa to‘rt hafta yetarli bo‘ldi".

Ma’lumot uchun, bu san’at asarining dunyoda keng e’tirof etilishi muallif haykallarida uchta yetakchi din – yahudiylik, islom va nasroniylik timsollarini uyg‘unlashtirgani bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
20:47 / 30.01.2026