BMTda yahudiylarning Al-Xalil shahrida falastinliklarga hujumi qoralandi
BMTning Yaqin sharq tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Tor Vennesland 19 noyabr kuni O‘rdun daryosining okkupatsiya qilingan g‘arbiy sohilidagi Al-Xalil shahrida radikal kayfiyatdagi Isroil ko‘chkindilarining falastinliklarga hujumini qoraladi.
Vennesland bunday xatti-harakatlar shundoq ham tarang vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkinligini ta’kidladi.
BMT koordinatorining so‘zlariga ko‘ra, har bir inson ekstremizmga qarshi choralar ko‘rishga, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan ovozini ko‘tarishga majbur.
19 noyabr kuni Isroilning «Otsma Yyegudit» («Yahudiylar kuchi») ultrao‘ng partiyasi yetakchisi Itamar Ben-Gvir boshchilik yahudiy ko‘chkindilari Al-Xalil shahrida istiqomat qilib kelayotgan falastinliklarga hujum uyushtirgan.
Ekstremistlar falastinliklarning avtomobillari savdo do‘konlariga ziyon yetkazishgan.
Mavzuga oid
18:22 / 02.10.2024
BMT bosh kotibiga Isroilga kirish taqiqlandi
10:30 / 02.10.2024
BMT: Rossiya ukrainalik asirlarni shafqatsiz qiynoqlarga duchor qilmoqda
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
13:30 / 30.09.2024