Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oryx: Rossiya urush boshidan beri 1500 dan ortiq tankni yo‘qotdi
Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri Rossiya kamida 1500 tankni yo‘qotdi. Bu fotosuratlar va videolar orqali tomonlarning harbiy yo‘qotishlari haqida ma’lumot to‘playdigan Oryx tahliliy loyihasi tomonidan hisoblab chiqildi.
Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, 859 ta tank yo‘q qilingan, 64 tasi - shikastlangan, 56 tasi - tashlab ketilgan, 521 ta tank esa Ukraina kuchlari tomonidan egallab olingan, deb yozadi Oryx.
Hammasi bo‘lib, Rossiya urush boshlanganidan beri, Oryx ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 8023 ta harbiy texnikani yo‘qotdi (4914 tasi yo‘q qilingan, 198 tasi shikastlangan, 300 tasi tashlab ketilgan, 2611 tasi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan).
Oryx bu vaqt ichida Ukrainaning yo‘qotishlarini 2287 ta harbiy texnika bilan baholadi. Ulardan 1371 tasi yo‘q qilingan, 94 tasi shikastlangan, 60 tasi tashlab ketilgan, 761 tasi rossiyaliklar tomonidan egallab olingan.
Ro‘yxatga faqat yo‘qotilganligi ochiq manbalardagi foto va video materiallar bilan tasdiqlangan texnikalar kiritilgan, vayron qilingan texnikalarning haqiqiy miqdori ancha yuqori, deya ta’kidlaydi Oryx tahlilchilari.
Bundan oldin Parij Kiyevga Crotale zenit-raketa komplekslarining ikkita batareyasini, shuningdek, ikkita yalpi o‘t ochish raketa tizimini topshirgandi.
Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kiyevning radiolokatsion stansiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha so‘rovi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025