Solomon orollarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Tabiiy ofatning asosiy zarbasi Guadalkanal oroliga kelib tushdi. Ayni paytda, Indoneziyada juda kuchli zilzila oqibatida 160 dan ortiq odam halok bo‘lgan.
22 noyabr, seshanba kuni Tinch okeani janubidagi Solomon orollarida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Amerika seysmologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 7,0 ballni tashkil qilgan. Zilzila episentri Gvadalkanal orolidagi Malango qishlog‘i hududida, 15 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Meteorologlar dastlab sunami haqida ogohlantirish berishgan, biroq bir necha soatdan keyin uni bekor qilishgan. Halok bo‘lganlar, jarohatlanganlar yoki katta vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, biroq mahalliy OAV binolarga zarar yetganini xabar qilmoqda. Ko‘p odamlar vahima ichida qirg‘oq bo‘yidan balandroq yerlarga qochib chiqishgan.
Malango shahri Solomon orollari poytaxti Xoniaradan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan. Arxipelagdagi binolarning aksariyati - zilzilaga chidamli bungalolardir.
Bir kun oldin Indoneziyaning Yava orolida sodir bo‘lgan juda kuchli zilzila natijasida 160 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi.
Indoneziya ham, Solomon orollari ham Tinch okeanining olovli halqasida joylashgan bo‘lib, Tinch okeanining perimetri atrofidagi bu hududda faol vulqonlar va ko‘plab zilzilalar kuzatiladi. Hammasi bo‘lib, ushbu zonada Yerda ma’lum bo‘lgan 540 ta faol yerusti vulqonidan 328 tasi mavjud.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
11:50 / 21.08.2024