22 noyabr, seşanba kuni Tinç okeani janubidagi Solomon orollarida kuçli zilzila sodir böldi. Amerika seysmologik xizmati ma’lumotlariga köra, zilzila magnitudasi 7,0 ballni taşkil qilgan. Zilzila episentri Gvadalkanal orolidagi Malango qişloği hududida, 15 kilometr çuqurlikda joylaşgan. 

Meteorologlar dastlab sunami haqida ogohlantiriş berişgan, biroq bir neça soatdan keyin uni bekor qilişgan. Halok bölganlar, jarohatlanganlar yoki katta vayronagarçiliklar haqida hozirça ma’lumotlar yöq, biroq mahalliy OAV binolarga zarar yetganini xabar qilmoqda. Köp odamlar vahima içida qirğoq böyidan balandroq yerlarga qoçib çiqişgan.

Malango şahri Solomon orollari poytaxti Xoniaradan 40 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Arxipelagdagi binolarning aksariyati - zilzilaga çidamli bungalolardir.

Bir kun oldin Indoneziyaning Yava orolida sodir bölgan juda kuçli zilzila natijasida 160 dan ortiq odam halok böldi, yuzlab odamlar jarohat oldi.

Indoneziya ham, Solomon orollari ham Tinç okeanining olovli halqasida joylaşgan bölib, Tinç okeanining perimetri atrofidagi bu hududda faol vulqonlar va köplab zilzilalar kuzatiladi. Hammasi bölib, uşbu zonada Yerda ma’lum bölgan 540 ta faol yerusti vulqonidan 328 tasi mavjud.