Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan 10 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
O‘zbekiston importidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatdan 5,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib olingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan 4,9 mlrd dollarlik mahsulot olib kelingan Rossiya va 2,6 mlrd dollarlik tovarlar xarid qilingan Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Koreya – 1,9 mlrd;
- Turkiya – 1,4 mlrd;
- Germaniya – 789 mln;
- Hindiston – 530 mln;
- Braziliya – 461,5 mln;
- Turkmaniston – 443,5 mln;
- Litva – 334,4 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:59 / 26.05.2026
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
20:10 / 25.05.2026