Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida texnik yordam ko‘rsatadi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov Buyuk Britaniya elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelgusidagi o‘zaro hamkorlik amaliy jihatlari, GSP+ preferensiyalari kengaytirilgan tizimi doirasidagi munosabatlarni mustahkamlash, joriy yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi navbatdagi 26-yig‘ilishini o‘tkazish tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari kengashda ishtirok etishga qiziqishi ortib borayotganini qayd etdi. Bugunga qadar turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin yetakchi kompaniyalar tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Xorij tomoni O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida mamlakatga konsalting va texnik yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Mavzuga oid
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026