O‘zbekiston | 07:03 / 25.11.2022
21486
2 daqiqa o‘qiladi

Nozima Davletova Mass-media fondi vasiylik kengashi raisi bo‘ldi

Ilgari bu lavozimni Komil Allamjonov egallab kelgan.

Foto: Mass-media fondi

24 noyabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi va ta’sischilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda fond vasiylik kengashi raisi lavozimiga Nozima Davletovaning nomzodi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Ilgari u ushbu fond direktori bo‘lib ishlagan.

Nozima Davletova jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis. U universitetda «xalqaro muzokaralar» yo‘nalishida dars berish tajribasiga ega, gender masalalari bo‘yicha loyihalar tashabbuskori va koordinatori bo‘lgan.

Xalqaro aloqalar va nodavlat notijorat tashkilotlarida tajribaga ega Akramjon Fozilov Mass-media fondi direktori etib tayinlandi. Bungacha u Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi – EUROUZ'ning Toshkentdagi loyiha ofisi rahbari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil iyul oyi oxirida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashining sobiq rahbari Komil Allamjonov prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’uldir.

Mavzuga oid