29 dekabr kuni AOKA tomonidan tayyorlangan «Axborot kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi qonun loyihasining muhokamasi yakunlanadi.

Bunday kodeksni yaratiş ğoyasining özi – juda ajoyib. U OAV faoliyatini boşqarişi, media töğrisidagi qonunlarni tartibga solişi, jamoatçilik munosabatlarining barça iştirokçilarida söz erkinligi çegaralari haqida aniq tuşunçalarni şakllantirişi kerak. Lekin meni, qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilişidan oldin, yakuniy hujjatning ayrim bandlari davlat nazoratçisi tomonidan Mass-media fondiga taqdim etilmagani taşvişlantiryapti.

«Jamiyat, davlat va davlat ramzlariga nisbatan tahqirlovçi xarakterga ega yoki hurmatsizlik (şuningdek, behayo sözlarni işlatgan holda) ifodalangan axborotni çeklaş töğrisida»gi 45-modda xavflidir.

Biz, har qanday fuqaroni jinoyatçiga aylantira oladigan bunday mavhum ta’riflar bilan söz erkinligini himoya ham qila olmaymiz va albatta, mustahkamlay ham olmaymiz. Şundoq ham jurnalist va blogerlarning öz kuçli senzurasi qobiğiga öralib qolişi va ulardagi mavjud qörquv haqiqiy söz erkinligi rivojlanişiga faqatgina tösiq bölişi mumkin xolos.

Tartib va qonunlarga rioya etiş bu – har ikki tomonning muştarak harakatlari bilan amalga oşirilsa, samarali keçadi. Huquqiy jamiyat uçun davlat idoralarining oçiqligi, jurnalistikaning yuqori standartlari, mediasavodlilik qonunlardagi noaniq tuşunçalardan köra sermahsulroqdir. Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi söz erkinligi töğrisidagi har qanday qonun hujjatlariga aniq va tuşunarli ta’riflarni kiritişga çaqiradi. Axir, maqsad taqiqlar jamiyatini emas, balki huquqiy jamiyatni yaratişda-ku, şunday emasmi?

Nozima Davletova, Mass-media fondi direktori