Özbekiston prezidentining tegişli farmoyişiga muvofiq prezident administratsiyasining Taşqi aloqalar departamenti Taşqi siyosat va taşqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni axborot-tahliliy ta’minlaş boşqarmasi boşliği tayinlandi.
Hujjatga muvofiq, Nozima Davletova Özbekiston prezidenti administratsiyasining Taşqi aloqalar departamenti Taşqi siyosat va taşqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişni axborot-tahliliy ta’minlaş boşqarmasi boşliği sifatida iş boşladi.
Nozima Davletova jamoatçilik bilan aloqalar böyiça mutaxassis. U universitetda «xalqaro muzokaralar» yönalişida dars beriş tajribasiga ega, gender masalalari böyiça loyihalar taşabbuskori va koordinatori bölgan.
U uşbu tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi lavozimida işlab kelgan.
Bundan oldin Jahongir Ahmedov Özbekiston prezidenti administratsiyasi ijodiy taşkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantiriş şu’basi yetakçi inspektori sifatida iş boşlagani xabar qilingandi.








