Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya IIV chegarada xorijliklarning barmoq izlarini olishni taklif qilmoqda
Hozir bu jarayon migratsiya xizmati hududiy bo‘linmalarida amalga oshirilyapti.
Barmoq izlarini olish hozirgi paytdagi kabi migratsiya xizmati hududiy bo‘linmalarida emas, balki chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblamoqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi.
«Biz buni juda muhim protsedura deb hisoblaymiz. Albatta, kelajakda bularning barchasi nazorat-o‘tkazish punktlarida bo‘lishi kerak... Biz bu masalani tegishli idoralar bilan muhokama qilmoqdamiz», dedi Valentina Kazakova, Rossiya IIV migratsiya boshqarmasi raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda qariyb 3 million kishidan migratsiya bo‘limlarida barmoq izlari olingan.
Daktiloskopirovaniye haqidagi qonun Rossiyada o‘tgan yil oxirida qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra, xorijliklarning barmoq izlarini qoldirish muddati ularning mamlakatga kirish maqsadiga bog‘liq. Agar biror kishi Rossiyada 90 kundan ortiq turmoqchi bo‘lsa, chegaradan o‘tganidan boshlab 90 kun ichida barmoq izini topshirishi shart. Mehnat migrantlari uchun bu muddat 30 kunni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026