Kudrin Putin bilan Yandex'ning bo‘linish sxemasini kelishib oldi - OAV
Aleksey Kudrin Yandex kompaniyasiga rahbarlik qiladi va Rossiyada qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladigan kompaniyaning 5 foiz ulushini oladi. U bu borada Rossiya prezidenti Putin bilan kelishib oldi, deb yozadi The Bell va Forbes.
Juma kuni kechqurun Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yandex internet-kompaniyasining aktivlarini taqsimlash sxemasini ma’qulladi, shuningdek, uning rahbariyatiga o‘tish bo‘yicha kelishib oldi, deb xabar beradi The Bell va Forbes Rossiya 25 noyabr, juma, anonim manbalarga tayanib.
Ularga ko‘ra, Yandex Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan hozirgi kompaniya o‘rniga Rossiyada ro‘yxatdan o‘tgan yangi bosh kompaniyaga ega bo‘ladi. Uni Kudrin boshqaradi, u buning uchun 5 foiz aksiyani oladi, bu taxminan 300 million dollarga to‘g‘ri keladi. Kudrin va Rossiyada qolgan Yandex menejyerlari Rossiyadagi kompaniyani nazorat qiladi va muhim qarorlarni qabul qiladi. Kompaniya asoschisi, Isroilga jo‘nab ketgan Arkadiy Voloj Rossiyadan tashqarida uchuvchisiz transport vositalari va bulutli servislarni, "Yandeks.Praktikum" ta’lim xizmatini va "Toloki" tasvirni aniqlash xizmatini rivojlantirish uchun litsenziyalar oladi.
The Bell nashrining yozishicha, Rossiyaning Yandex kompaniyasi yangi aksiyadorlarga ega bo‘ladi, jumladan Vladimir Potanin tuzilmalari, Roman Abramovich va VTB kompaniyaning egalari bo‘lib qoladi. Kudrin Kremlga Yandex chet elga chiqmasligini, kompaniya rahbarlariga «navbatdagi "Rostex" yoki "Rostelekom"ga aylanmasligini» va’da qildi. Nashrning yozishicha, Ukrainada urush boshlanganidan keyin Yandex asoschisi Kremlda kelishuvni muvofiqlashtirishda yordam so‘rab Kudringa murojaat qilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 05.06.2024
O‘zbekistonda internet-reklamani rivojlanish vektori: brendlar maqsadli auditoriyasi haqida nimalarni bilishlari kerak
12:19 / 12.02.2024
O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy IT-gigantlar ma’lum qilindi
16:38 / 10.08.2023
“Yandeks-taksi” atrofidagi xavotir: “FSB” xorijdagi mijozlarni ham kuzata oladimi?
13:41 / 30.11.2022