Rossiya maxsus xizmatlari tez orada xorijiy davlatlardagi “Yandeks Go” mijozlarining taksi xizmatidan foydalanişdagi şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritadi. Bu haqda öz manbalariga tayanib “Meduza” naşri xabar bermoqda.

Naşrga köra, bu holat – Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga alohida reyestrdagi taksi xizmatlarining bazalariga kiriş vakolati berilişiga oid qonun qabul qilinişi bilan boğliq. “Axborot tarqatiş taşkilotçilari” deb nomlangan reyestrga Rossiyada joylaşgan servislardan hozirça faqat “Yandeks Go” kiritilgan.

“Yandeks” kompaniyasidagi manbaga köra, bu qonun haqida yangilik paydo bölgaç, “Yandeks Go” taksi xizmati ommalaşgan davlatlardagi foydalanuvçilar kompaniya koll-markaziga telefon qilib, ularning şaxsiy ma’lumotlari qayerda saqlanişini söray boşlagan. Öz navbatida, koll-markaz xodimlari menejmentdan bu savollarga qanday javob beriş kerakligini söragan. Rahbariyatdan kelgan javobda “Yandeks Go” servisidan foydalanuvçilarning ma’lumotlari Rossiyada saqlanişi ma’lum qilingan, lekin “mijozlar bilan muloqotlarda data-markazlarning hozirgi joylaşuvi haqidagi ma’lumotlarni keltirib ötişdan tiyiliş” söralgan.

1 sentabrdan boşlab FXX sutkaning istalgan vaqtida bu ma’lumotlarni olişi mumkin böladi – boş vazir Mixail Mişustin allaqaçon tegişli qarorni imzolagan, deyiladi xabarda.

“Yandeks”ning taksi xizmati “Yandeks Go” va “Yango” nomlari ostida Rossiyadan taşqari Özbekiston, Qozoğiston, Gruziya, Armaniston, Belarus, Isroil, Norvegiya, Finlandiya kabi (jami 20 dan ortiq) mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Yuqoridagi xabar fonida Qozoğistonda Yandex.kz domeni öçirib qöyildi. Qozoğiston Raqamli taraqqiyot vazirligi Rossiya kompaniyasidan “huquq-tartibot organlar va maxsus xizmatlar bilan aloqalari” haqida tuşuntiriş berişni söragan. Gruziya şaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi xizmati “Yandeks Go” servisining foydalanuvçilar ma’lumotlarini qayta işlaş jarayoni qonunga muvofiqligini tekşiriş uçun örganiş işlarini boşladi. Finlandiya va Norvegiyaning vakolatlari organlari “Yandeks”dan foydalanuvçilarning ma’lumotlarini Rossiyaga uzatişni töxtatişni talab qildi