Federatsiyalar kengaşi senatorlari 30 noyabr, çorşanba kuni Aleksey Kudrinni uning iltimosiga binoan Rossiya Hisob palatasi raisi lavozimidan muddatidan oldin ozod etiş uçun ovoz berişdi. Bir kun avval Aleksey Kudrinning özi ham lavozimini tark etişini ma’lum qilgan edi. «Endi men keng ma’noda xususiy taşabbuslarni rivojlantiriş bilan boğliq bölgan, lekin ayni paytda odamlarga sezilarli ta’sir körsatadigan yirik loyihalarga e’tibor qaratmoqçiman», — deb yozdi u Telegram-kanalida. 

Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegişli ariza topşirganini qöşimça qildi. Ayni vaqtda, Federatsiyalar kengaşiga Putinning Kudrinni Hisob palatasi raisi lavozimidan ozod etiş taklifi kelib tuşdi, deb ma’lum qildi RIA «Novosti» agentligiga Rossiya parlamenti yuqori palatasi budjet va moliya bozori qömitasi rahbari Anatoliy Artamonov. 

Aleksey Kudrin 2018 yilning may oyidan buyon Hisob palatasini boşqarib kelmoqda. «Yandeks» asosçilaridan biri Arkadiy Voloj Kudringa «Yandeks»ga ötişi hamda Rossiya va xalqaro biznesni ajratişda yordam berişi evaziga kompaniyaning rasmiy 5 foiz aksiyalarini taklif qilgan, deydi Forbes suhbatdoşlari va «Agentlik» internet naşri. 

25 noyabr kuni OAV anonim manbalarga tayanib, Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yandex internet kompaniyasi aktivlarini böliş sxemasini ma’qullagani, şuningdek, uning rahbariyatiga ötişga kelişib olgani haqida xabar berdi.