O‘zbekiston | 10:13 / 30.11.2022
1638
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda O‘zbekiston va Britaniya siyosiy maslahatlashuvlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi parlamentdagi o‘rinbosari Leo Dokerti bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Uchrashuvda O‘zbekiston - Buyuk Britaniya munosabatlari bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Joriy yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida ikki davlat rasmiy idoralari va ishbilarmon doiralari 200 nafardan ortiq yuqori martabali vakillari ishtirokida Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashi (UBTIC) 26-yig‘ilishi o‘tkazilishi muhimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida savdoni kengaytirish, infratuzilma, xususiylashtirish, moliyaviy xizmatlar, ta’lim sohalarida loyihalarni qamrab oladigan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Leo Dokerti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida bir qator tadbirlar, o‘zaro tashriflar, dekabr oyida Toshkent shahrida ikki davlat tashqi siyosat va boshqa idoralari yuqori martabali vakillari ishtirokida siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi davrasini o‘tkazishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid