O‘zbekiston | 11:21 / 05.12.2022
5029
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya o‘zbekistonlik migrantlar uchun kvota sonini oshirishi mumkin

O‘zbekiston hamda Janubiy Koreya bandlik va mehnat munosabatlari vazirlari Seulda muzokaralar o‘tkazishdi.

Foto: Dunyo

Amaliy safar bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya Respublikasi bandlik va mehnat vaziri Li Jung SHCHik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Muloqot chog‘ida Ye-9 vizasi asosida ushbu davlatga kirib borayotgan mehnat migrantlari uchun kvota sonini oshirish, O‘zbekiston fuqarolarini qurilish va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Koreya Respublikasidagi kompaniyalarga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish yuzasidan anglashuv memorandumi ham imzolandi.

Mavzuga oid