12:28 / 05.12.2022
11476

Kuchli qor tufayli Samarqand aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi

Bugun, 5 dekabr kuni tong soat 4:20 dan ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli Samarqand xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish vaqtinchalik cheklov joriy etildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, ko‘rinish masofasi - 1000 metrgacha, qor, havo harorati 5 daraja sovuq, ishqalanish koeffitsiyenti - 0,28.

«Aeroflot»ning Moskva-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha SU-1874 reysi va Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha Turkiya havo yo‘llarining TK-372 reysi Toshkentdagi muqobil aeroportga yo‘naltirildi.

Fly Dubai aviakompaniyasining reysi ob-havo yomonlashgunga qadar — mahalliy vaqt bilan 03:07 da Samarqand aeroportiga qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq samolyotning yetib kelishi kechikkanligi sababli Samarqanddan uchish vaqti soat 16:15 ga kechiktirildi.

Hozirda aeroportning yerda xizmat ko‘rsatish xodimlari barcha zarur choralarni ko‘rmoqda – bir necha soat davomida uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘laklarini maxsus texnika va kimyoviy vositalar yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda.

Ob-havo sharoitidan kelib chiqib, samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlarni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 gacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Top