Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada «nemis reyxi» tarafdorlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi
Kamida 25 kishi o‘ng ekstremistik muhitga mansublikda gumonlanib hibsga olingan. Germaniya Adliya vazirligi «reyxsbyurgerlar» konstitutsiyaviy hokimiyatga hujumlar uyushtirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
Germaniyada «reyxsbyurgerlar» deb ataluvchi, zo‘ravonlikka tayyor, GFR mavjudligini tan olmaydigan o‘ng radikal harakat a’zolariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazildi. Germaniya Federal prokuraturasining 7 dekabr, chorshanba kuni ertalab ma’lum qilishicha, uning davomida kamida 25 kishi o‘ng ekstremistik muhitga mansublikda gumonlanib hibsga olingan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, «reyxsbyurgerlar» mamlakatda konstitutsiyaviy hokimiyatni ag‘darishni rejalashtirgan. «Bugun ertalabdan boshlab keng ko‘lamli aksilterror operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Federal prokuratura reyxsbyurgerlar orasida terrorchilik tarmog‘ini tekshirmoqda. Konstitutsiyaviy hokimiyatga qarshi qurolli hujum rejalashtirilgan degan gumon bor», - deb yozadi Germaniya adliya vaziri Marko Bushman Twitter'dagi mikroblogida.
Federal prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, «reyxsbyurgerlar»ni hibsga olish Federal sudning tergov sudyalari tomonidan berilgan orderlar asosida amalga oshirilgan. Hibsga olinganlarning barchasi Germaniya fuqarolari. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, tintuvlar qator shaharlarda, jumladan Berlinda ham o‘tkazilgan.
«Reyxsbyurgerlar» GFRni tan olmaydi va o‘zlarini «nemis reyxi» fuqarolari deb bilishadi. Ular amalda yo‘q bo‘lgan imperiyaning muqobil shaxsni tasdiqlovchi va haydovchilik guvohnomalarini tayyorlaydi. Harakat 1980-yillarda paydo bo‘lgan. 2017 yilda Germaniyada uning 16 000 dan ortiq tarafdorlari bor edi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025