Shaxsning sudlanganlik holati bir qator holatlarda tugatiladi. Bu haqda “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular quyidagilar:
- shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
- majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
- jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;
- ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;
- 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
- 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
- 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.