O‘zbekiston | 09:06 / 07.12.2022
9060
2 daqiqa o‘qiladi

Sudlanganlik holati qachon tugatilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi

Shaxsning sudlanganlik holati bir qator holatlarda tugatiladi. Bu haqda “Davlat xizmatlari yangiliklari” kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular quyidagilar:

  • shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
  • majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
  • jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – 1 yil o‘tgach;
  • ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – 2 yil o‘tgach;
  • 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
  • 5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
  • 10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 10 yil o‘tgach.

Mavzuga oid