O‘zbekiston | 18:55 / 08.12.2022
11131
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat mulkini "E-auksion" platformasi orqali oson ijaraga oling

Bugungi kunda E-auksion elektron savdo platformasida 5 mingdan ortiq davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga olish imkoniyati mavjud.

Foto: E-auksion

Buning uchun e-auksion.uz portaliga kirish yoki platformaning IOs yoki Android qurilmalari uchun yaratilgan mobil ilovalarini yuklab olish zarur.

E-auksion.uz portalidan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish hamda ofertani elektron shaklda imzolash talab etiladi. Bunda elektron raqamli imzo kalitiga ega bo‘lish zarur.

Ma’lumotlar to‘ldirilgach, e-auksion.uz portalidagi shaxsiy hisobraqamni bank kassalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali to‘ldirish kerak. Portalning Davlat mulki ijarasi bo‘limida viloyat va tuman kesimida obektlarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, istalgan shaxs ular bilan tanishish mumkin.

Mulk uchun ariza berilgach, auksion savdosi belgilangan sanada shaxsiy kabinetga kirish va mening auksionlarim bo‘limidan savdoda ishtirok etishni tasdiqlash zarur.

E-auksion platformasida o‘tkaziladigan ochiq va shaffof auksion hamda tanlovlarda ishtirok etib, davlat aktivlari va yer uchastkalarini ijaraga olishingiz mumkin.

Ayni paytda e-auksion.uz portalida 5,1 mingta davlat mulki savdoga chiqarilgan. 

Bundan tashqari, portal orqali 2 mingdan ortiq davlat aktivlarini hamda 40 mingdan ortiq yer uchastkalarini sotib olishingiz mumkin.

Veb-sayt: e-auksion.uz

Telegram: t.me/onlineauksionuz

Tel: +998712022111

Mavzuga oid