Bugungi kunda e-auksion platformasi davlat aktivlarini oçiq va şaffof usulda sotişning eng maqbul vositasiga aylanib ulgurdi. Barça aktivlar e-auksion.uz portalida dastlabki savdoda savdo kuniga qadar 30 kun avval çiqariladi. Istalgan şaxs onlayn-auksionda iştirok etiş uçun ariza berişi mumkin.

Savdoda qatnaşiş istagida bölganlar e-auksion.uz portalidan röyxatdan ötişi, yetarli miqdorda zakalat pulini kiritişi talab etiladi.

1.     Pop neft bazasi bino-inşootlari

Foto: E-auksion

Namangan viloyati, Pop tumani, “Anhor” MFYda joylaşgan uşbu obektning boşlanğiç narxi 217,8 mlrd sömni taşkil etadi. Obekt 39 gektar yer maydoniga ega bölib, yer uçastkasi mulk huquqi asosida savdoga çiqarilgan. Davlat aktivi bölib tölaş şarti bilan sotiladi.

Batafsil

2.     “Sijjak” dam oliş maskani 

Foto: E-auksion

Toşkent viloyati, Böstonliq tumani, “Sarboğ” MFYda joylaşgan dam oliş maskani 5,38 gektar yer maydoniga ega bölib, mulkni auksionda sotib olgan şaxs qonunçilikka zid bölmagan faoliyat bilan şuğullanişi mumkin. Boşlanğiç narxi 70,1 mlrd sömni taşkil etadi.

Batafsil

3. Ma’muriy bino

Foto: E-auksion

Manzil: Toşkent şahri, Mirobod tumani, Amir Temur şohköçasi, 4-uy. Boşlanğiç narxi 66,5 mlrd söm bölgan davlat aktivi 26,4 sotix yer maydoniga ega. Davlat aktivlari bölib-bölib tölaş şarti bilan sotilganda dastlabki tölov summasi 35 foizdan kam bölgan hollarda, qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.